Iskoga da'vogarlar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
24 mar 2023, 22:29
Yarim himoyachi Isko uchun qiziqish bildirayotgan klublar nomi ma'lum qilindi.

"Todofichajes" xabariga ko'ra, ayni damda unga "Fenerbaxche", "Olimpiakos" hamda "Beshiktosh" klublaridan tashqari, AQSH va Braziliyadan ham variantlar bor. Ammo futbolchi Yevropada qolishni istamoqda.

Futbolchi ayni damda erkin agent hisoblanadi. O'tgan yilning oxirlarida u "Sevilya" bilan shartnomani bekor qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Todofichajes