Isko va Dani Alves Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogar

Aslanov Jasurbek
11 may 2017, 14:16
UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazmoqda.

Sovrin uchun Isko Alarkon va Dani Alves da'vogarlik qilmoqda.

"Real" "Atletiko"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi, Isko "Qirollik klubi"ning yagona goliga mualliflik qildi.

"Yuventus" "Monako"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida (2:1) g'alaba qozondi. Gollarning biriga Dani Alves mualliflik qildi.

Ovoz berish 12 may kuni yakunlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com