Isko qishda "Real"dan ketishni xohlamadi

Alisher
11 yanv 2022, 18:47
Yarim himoyachi Isko "Real"dan joriy shartnomasi so'nggiga qadar ketmoqchi emas.

Shu bilan birga Madrid klubi o'yinchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas va bu haqda futbolchini ogoh qildi.

"Real" bir necha bor unga ketishni taklif qildi, ammo ispan barcha takliflarga rad javobini berdi. Iskoning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Isko ushbu mavsum umumiy 10ta o'yinda maydonga tushib, maydonda atigi 198 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca