Isko kelajagi borasida bir qarorga keldi

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 12:55
Yarim himoyachi Isko qishki transferlar oynasida jamoadan ketishni istayotganini "Real" rahbariyatiga aytib qo'ydi.

"El Larguero" xabariga ko'ra, 28 yoshli xavbek "qirollik klubi"da kelajagi yo'qligini sezib turibdi. U ushbu mavsumda ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Shuningdek, Zinedin Zidan bilan munosabatlar ham yomonlashgan.

Oldinroq klubdagilar ham futbolchining sotilishini rejalashtirayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi. Ispanning transfer narxi 60-70 mln evro atrofida bo'lishi mumkin.

Isko ushbu mavsumda 7 o'yinda qatnashdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yil yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar

Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Larguero