Isko Ispaniya termasiga Chiliga qarshi o'yinda yordam bera olmaydi

Tolibjon Qosimov
9 sen 2013, 11:30
Ispaniya terma jamoasi murabbiylar shtabi yarim himoyachi Iskoni, 10 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan Chili terma jamoasiga qarshi o'yinda ishtirok etishdan ozod etdi.

“Real”ning 21-yoshli futbolchi Jahon Chempionati-2014 saralashida Finlyandiya termasiga qarshi o'yinda oyog'idan jarohat olgan edi, shunday bo'lsada so'nggi vaqtgacha uning chililiklarga qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilayatgan edi. goal.com bergan xabarga ko'ra, Ispanya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente del Boske Iskoni to'liq sog'ayishi uchun, futbolchini Madridga jo'natib yuborgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru