Isko "Chelsi"ga emas, Angliyaning boshqa klubiga o'tadi

27 dek 2019, 03:13
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"El Desmarque" nashrining xabriga ko'ra, 27 yoshli futbolchi Londonning "Chelsi" klubi qiziqishlari doirasida turibdi, ammo Isko bu variantga qiziqmaydi. Ispaniyalik futbolchi faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirmoqchi. Aytishlaricha, "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola Iskoni mavsum oxirida jamoani tark etadigan David Silvaning o'rnida ko'rmoqchi.

Ma'lumot uchun, Isko Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 10 o'yinda maydonga tushgan, uning hisobida samarali harakatlar yo'q.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS