Iskanderov 600 kundan so'ng yana gol urdi

Narzulla Saydullayev
25 okt 2018, 08:27
Kecha Superliganing 27-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda mehmonlar safida Jamshid Iskanderov o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ydi. Shu tariqa, yarim himoyachi bu mavsumdagi birinchi golini urdi.

So'nggi bor Iskanderov O'zbekiston chempionatida 2017 yil 3 mart kuni raqib darvozasiga gol urgandi. O'tgan mavsumning 1-turida Jamshid "Qizilqum" bilan uchrashuvda dubl qayd etganidan so'ng umuman gol urmadi. Oradan 600 kun (yoki 1 yil 7 oy 21 kun) o'tgach yana to'p kiritishning uddasidan chiqdi.

Ma'lumot uchun, Jamshid Iskanderov bu mavsumda hech bir uchrashuvda to'liq harakat qilgani yo'q.


O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia