Iskandar Mo'minov: "Yozyovon" hurmatga loyiq jamoa"

Narzulla Saydullayev
13 okt 2018
Pro-Liga 29-turidan o'rin olgan "Yozyovon-Lochinlari"-"G'ijduvon" (1:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar darvozaboni Iskandar Mo'minov championat.asia saytiga intervyu berdi.

O'yin juda qiyin bo'ldi. Biz kombinacion o'yin namoyish etamiz. Ammo bunday maydonda nimadir yaratish qiyin, faqat raqib hujumini buzish mumkin. 13 soatli yo'l bosib keldik va darhol maydonga tushdik. Tarkibimizda ko'p futbolchilar sariq kartochkalari to'planib qolgani bois bu bahsga kela olishmadi. Shu bois zaxirasiz o'ynadik. Yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi, hisobga qaramaslik kerak. Natija o'yinga mos bo'lmadi. Sababi "Yozyovon" ko'p hujum qildi. Bu jamoa hurmatga sazovor. "Yozyovon" hakamning so'nggi hushtagi chalinguniga qadar o'ynadi va ko'plar vaziyatlar yaratdi. Safardagi qiyin o'yinda 3 ochko olganimizdan xursandman.

Bizning maqsadimiz bitta - "A" guruhiga chiqish. U yerda birinchi o'ringa kurashish va Superligaga chiqishni maqsad qilamiz. Bu gapni klub prezidenti Mamurjon Otaqulov ko'p bor takrorlaydi. U futbolni juda yaxshi ko'radi. U kishi "G'ijduvon" klubini o'z hisobidan moliyalashtiradi. Mamurjon Otaqulov 2022 yilda jamoani Superligada ko'rmoqchi.

Bekzod Tolibov yozib oldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia