Irlandiya chempionati g'olibi nomi aniqlandi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
18 okt 2017, 13:45
"Kork Siti" muddatidan avval Irlandiya chempioni nomini qo'lga kiritdi.

"Kork Siti" milliy chempionatning 31-turida "Derri Siti" bilan murosa ko'chasini tanladi (0:0) va bu natija jamoa ligada chempion nomini qo'lga kiritish uchun etarli bo'ldi. Turnir yakunlanishiga 2 tur qolganda jadvalining ikkinchi o'rnida ketayotgan "Dandolk" 7 ochko ortda qolib ketdi.

"Kork Siti" uchun bu muvaffaqiyat tarixdagi uchinchi chempionlikdir (1992/93 va 2005).








Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com