
"Shukura" klubi sharafini himoya qilayotgan futbolchi O'zbekistonga qaytish istagida ekanini bildirib o'tdi:
- Endi 30 yoshga to'ldim. Faoliyatim davomida O'zbekistonda to'p tepganman. To'g'ri, unda chempionat umuman boshqacha edi. Kuchli legionerlar jamlangan edi. O'zimning ham niyatim O'zbekistonda qolish bo'lgan. Ammo huquqan "Anji"ga tegishli edim. Shuning uchun Rossiyaga qaytishga majbur bo'ldim. O'zbekistondagi faoliyatimni yaxshi xotiralar bilan eslayman. Ayniqsa "Nasaf"ga qarshi kubok finalida urgan ikkita golimni. Agar O'zbekistondan chorlov bo'lsa jon deb qabul qilaman. Bu yerda Aleksandr Kleckov bilan birga to'p tepyapman, u bilan tez-tez do'stlarimizni yodga olamiz".