Ilk mashg'ulotlarda terma jamoaga chaqirilgan 28 nafar futbolchidar 22 nafari ishtirok etgan.
Iordaniya terma jamoasining misrlik bosh murabbiyi Hussam Hassanning takidlashicha, ilk mashg'ulotlarda futbolchilarning jismoniy holati va taktik jihatlarga ko'proq urg'u beriladi. Oldimizda juda muhim bosqich turibdi. Biz buni his qilgan holda katta tayyorgarlik ko'rishimiz va Iordaniya futboli ayni damda kuchli ko'tarilishga erishganini isbotlashimiz lozim. Terma jamoa futbolchilari ham buni his qilib turibdilar, - deydi Hussam Hassan.
Terma jamoa futbolchilari bilan haftada ikki kun mashg'ulot olib boramiz. Bu bilan futbolchilarning jismoniy holatini bir maromda ushlab turishni maqsad qilganmiz, deya qo'shimcha qildi iordaniyaliklar bosh murabbiyi. Biz, saralashning 4-bosqichida ishtirok etgan futbolchilarning o'zagini saqlab qolgan holda, terma jamoaga yana bir qator yangi futbolchilarni taklif etdik. Terma jamoa haftaning yakshanba va dushanba kunlari mashg'ulot o'tkazadi. Yakshanba kungi mashg'ulotlar OAV hodimlari uchun ochiq bo'ladi. Dushanba kunlari esa mashg'ulotlar yopiq eshiklar ortida bo'ladi. Biz OAV hodimlari va terma jamoaga befarq bo'lmagan barchani hurmat qilamiz va ular bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Ammo, muhim o'yinlar oldidan futbolchilarni ortiqcha chalg'timasllikka harakat qilamiz, deya bosh murabbiyining so'zlaridan parcha keltirmoqda, Iordaniya Futbol Uyushmasi rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, Iordaniya milliy terma jamoasi JCH-2014 saralash pley-off uchrashuvida O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi to'p suradi. Dastlabki o'yin 6 sentyabr kuni Iordaniya poytaxti Ammani shahrida o'tkazilsa, javob o'yini 10 sentyabr kunt Toshkentda o'tkaziladi.