Ionice “Kalyari” bilan shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2017
Italiyaning “Kalyari” klubi yarim himoyachisi Artur Ionice amaldagi shartnomasini yana 4 yilga uzaytirdi.

Yangi kelishuv 2021 yilgacha amal qiladi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Ionice “Kalyari” safiga 2016 yilning yozida “Verona” jamoasidan kelib qo'shilgandi. Moldovalik futbolchi o'tgan davr mobaynida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: