Inzagi Italiya Superkubogini yutganidan so'ng fikr bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
19 yanv 2023, 09:38
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi Italiya Superkubogi doirasida "Milan" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Yigitlarda yaxshi yondoshuv bo'ldi. Mavsumdagi dastlabki maqsadimiz YCHL pley-offiga chiqish edi, ikkinchisi esa ushbu sovrinni yutish. Shuning uchun murabbiy sifatida bularni ko'rish men uchun yoqimli. 

Biz bundan zavq olamiz, ahir finalda "Milan"ni mana shu tarzda mag'lubiyatga uchratish ajoyib. Shubhasiz, kuchli raqib ustidan g'alaba qozonib, sovrin yutish yoqimli. Bugun bayram qilamiz. 

Ertadan boshlab esa keyingi o'yinlar haqida o'ylaymiz. Men yigitlar bilan faxrlanaman. Biz aqlbovar qilmas natijalarga erishyapmiz va kelajakda ham buni davom ettiramiz", - dedi Inzagi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia