Inzagi: "Agar "Roma" va "Yuve"ga qarshi bahslar uchun 3 ochko taklif qilishganida, rozi bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
27 sen 2018, 16:45
"Bolonya" bosh murabbiyi Filippo Inzagi "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tgan A Seriyaning 6-tur uchrashuvi (0:2) haqida fikr bildirdi.

"Bahs qiyin o'tdi, ammo harakat qildik. Paulo Dibala ajoyib gol urdi. Ikkinchi bo'limda bizda bor-yo'g'i ikki yoki uch qarshi hujum bo'ldi, ammo Yevropaning eng yaxshi jamoasiga qarshi o'ynasangiz, gol urishga qiynalasiz.

Agar "Roma" va "Yuventus"ga qarshi bahslar oldidan 3 ochko taklif qilishganida, rozi bo'lardim" - deydi Inzagi.

"Bolonya" "Roma"ga qarshi bahsda 2:0 hisobida g'alabaga erishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia