"Inter"ning uch futbolchisi "Parma"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
7 avg 2018, 20:15
2017/18 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, A Seriyaga qaytgan "Parma" o'z tarkibini "Inter"ning uch futbolchisi bilan kuchaytirib oldi.

"Parma" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 30 yoshli forvard Jonatan Byabyani, 19 yoshli himoyachi Alessandro Bastoni va 20 yoshli Federiko Dimarkolar jamoa a'zosiga aylangan.

30 yoshli "qariya" bilan bir mavsumga shartnoma tuzilgan bo'la, qolgan ikki futbolchi ijaraga olingan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/1913parmacalcio