

"International Champions Cup"dagi ishtirokini boshlagan "Borussiya" (Dordmund) va "Milan" jamoalari o'zaro bellashishdi. Birov avval yakuniga etgan bahsda "Milan"ga o'tishni istayotgan "Borussiya" hujumchisi Per-Emerik Obameyang dubl qayd etdi va jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Nemislarning har uchchala goliga Kristian Pulishich assistentlik qilgani e'tiborga molik. Yani, Pulishich ikkita golga pas berdi va penalti ishladi. Transfer oynasida to'xtash nimaligini bilmayotgan "Milan"ga esa biroz vaqt kerak. Sababi, dordmundliklar raqibni o'yin jihatidan ham, natija jihatidan ham taslim etishdi.
"International Champions Cup"
"Milan" (Italiya) – "Borussiya D" (Germaniya) 1:3
Gollar: K.Bakka 24 - N.Shaxin 17, P.E.Obameyang 20 (pen.), 62
"Milan": Storari, Rodriges (Antonelli, 63), Paletta (Musakko, 46), Sapata, Abate (Gomes, 66), Bonaventura (Sosa, 66), Mauri (Zanellato, 91), Kessi (Gabbiya, 91), Borini (Krochata, 91), Bakka (Kutrone, 66), Nyang (Chalxanoglu, 46).
"Borussiya": Vaydenfeller (Raynmann, 46), Zagadu (Durm, 63), Bartra (Subotich, 73), Sokratis, Pishchek (Passlak, 46), Shaxin, Kastro, Rode (Getce, 63), Obameyang (Shyurrle, 73), Dembele (Mor, 63), Pulishich (Isak, 74).











