"Inter"ga kerak bo'lmay qolgan Xandanovich APL klubi qiziqishlari doirasida

Alisher
5 yanv 2022, 16:53
Milanning "Inter" klubi jamoaga Andre Onananing kelishi sabab sloveniyalik tajribali darvozabon Samir Xandanovich bilan xayrlashishi mumkin.

Shu sabab bilan 37 yoshli Xandanovich A Seriya chempionlaridan yangi mehnat shartnomasi olmaydi. Samir jamoani 2022 yilning yozida erkin agent maqomida tark etadi.

Unga hozirdan da'vogarlar bor. Sloveniyalikni Antonio Konte "Tottenxem"ga taklif qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Samir 2012 yildan beri "Inter" darvozasini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footballfancast.com