

Ma'lumotlarga ko'ra, Italiya klubi yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun yozda fransiyalik futbolchini sotib olishga umid qilmoqda. Pogbani sotib olish g'oyasi "Yuventus" sobiq sport direktori, hozirda "Inter"da ishlayotgan Juzeppe Marottaga tegishli.
Agar transfer muvaffaqiyatsizlikka uchrasa "Inter" "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich yoki "Real" xavbeki Luka Modrichni xarid qilishga urinib ko'radi.
Oldinroq, Pogba "Yuventus"ga qaytishga rozi bo'lgani e'lon qilingan edi.



