

Auzilio va Mendesh “Real”ning hujumkor yarim himoyachisi Xames Rodriges va “Monako” himoyachisi Fabinoning transferi borasida muzokara o'tkazishdi.
Xamesning Italiya klubiga o'tishi 60 million evroga, Fabinoning narxi esa 30 millionga baholanmoqda. “Inter”ning xitoylik egalari ushbu transferni amalga oshirishga ruxsat berishgan, deya xabar bermoqda Football Italia nashri.
Ushbu transferingi amalga oshishiga xalaqit beradigan yagona omil “Inter”ning Italiya A seriyasi turnir jadvalida egallab turgan o'rnidir. Milan klubi katta ehtimol bilan yangi mavsumda Chempionlar ligasiga yo'llanmani kirita olmaydi. Ular xattoki Yevropa ligasiga ham chiqa olmasliklar mumkin.



