

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, argentinalik o'yinchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. "Udineze" rahbariyati ham de Paulni sotishga qarshi emas, faqat buning uchun "matraschilar" 50 mln evro to'lashlari talab qilinadi.
Ma'lumot uchun, 26 yoshli Rodrigoga "Yuventus" va "Inter" klublari ham qiziqish bildiryapti.



