"Inter" "Tottenxem" o'yinchisini tekinga qo'lga kiritmoqchi

Alisher
29 okt 2019, 12:40
"Tottenxem" himoyachisi Yan Vertongen mavsum yakunlanganidan so'ng erkin agentga aylanadi.

Shu sababdan, belgiyalik o'yinchiga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda.

Londonliklar 32 yoshli belgiyalik futbolchini yanvarda "Inter"ga sotishdan bosh tortishmoqda, shu sababdan Italiya jamoasi futbolchini yozda tekinga o'z tarkibiga jalb qilmoqchi.

O'z navbatida, "Tottenxem"ning Vertongen bilan shartnomani uzaytirishi qiyin masala.

"Inter" esa o'yinchiga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Guardian