"Inter" "Torino" bilan Bremerning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Turinliklar 40 mln evro so'rashmoqda

Alisher
8 iyul 2022, 12:10
"Torino" himoyachisi Gleyson Bremer boshqa bir italyan klubiga o'tishi mumkin.

25 yoshli futbolchiga "Inter" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Braziliyalik "neradzurri"ning bosh transfer maqsadi hisoblanadi. Milanliklar va turinliklar muzokaralar o'tkazishmoqda. "Torino" himoyachini 40 mln evroga baholamoqda.

Gleyson Bremer o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano