"Inter" Simeone yoki Kontega har mavsum 15 mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
8 may 2017, 14:16
"Inter" rahbariyati mavsum yakunlanganidan so'ng murabbiyni o'zgartirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Inter" "Chelsi" va "Atletiko" ustozlari Antonio Konte va Diego Simeonelarga taklif yuborishgan.

Klub rahbariyati italiyalik yoki argentinalikka yiliga 15 mln. evro to'lashga tayyor. Kelishuvda turli bonuslar ham bo'ladi.

APL va Chempionlar ligasi yakunlanganidan so'ng Konte va Simeoneni jamoani boshqarish uchun ko'ndirishga urinib ko'radi. Oldinroq argentinalikka o'zi istagan shartlarni aytish imkoniyati berilgan edi.

Agar bu murabbiylar bilan kelishib bo'lmasa, milanliklar Luchano Spalletti, Leonardu Jardim, Paulu Souza, Chezare Prandelli va Eusebio Di Franchesko nomzodlarini ko'rib chiqishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport