"Inter" Rayola bilan Pogbaning transferi haqida gaplashdi

Sherzod Nurmatov
25 apr 2020
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.

Tuttosport xabariga ko'ra, "Inter" rahbariyati fransiyalik futbolchining agenti Mino Rayola bilan bog'lanib, ehtimoliy transferni muhokama qilgan.

Kelishuvga bevosita "Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte aralashishi mumkin, chunki u Pogba bilan "Yuventus"da birga ishlashga ulgurgan. Shuningdek, o'z vaqtida futbolchining "Manchester Yunayted"dan Turin klubiga o'tishiga hissa qo'shgan milanliklar sport direktori Beppe Marotta ham transfer bo'yicha yordam berishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport