"Inter" polshalik hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
7 mar 2020, 13:48
"Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik klubdan ketishga yaqin.

"Inter" 26 yoshli forvard bilan yozgi transferlar oynasida shartnoma imzolamoqchi.

Milikning "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi kelasi mavsumning so'nggida yakuniga etadi, yangi muzokaralar esa o'tkazilmayapti.

"Inter" yozda Milikni sotib olmoqchi, sababi klub Aleksis Sanchesni sotib olmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, Milik "Napoli"ga 2016 yilning yozida "Ayaks"dan 32 million evro evaziga o'tgan edi. Forvard joriy mavsum barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: FCInterNews