"Inter" Nainggolanni sotmoqchi

Mirjalol Normatov
24 dek 2018, 20:26
"Inter" yarim himoyachi Raja Nainggolanni sotib yubormoqchi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchining doimiy tarzda qoidalarni buzayotgani klub murabbiylar shtabiga yoqmayapti.

Shu boisdan rahbariyat futbolchi bilan janjal boshlanmasidan oldin futbolchi bilan xayrlashmoqchi.

O'tgan yozda futbolchi "Roma"dan "Inter"ga 38 million evro evaziga transfer qilingandi. U jamoasi tarkibida 15 o'yinda 3 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia