"Inter" muxlislari Lukaku bilan qay tariqa xayrlashdi?

Mirjalol Normatov
1 yanv 2021
Kecha "Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku "Inter"dan kyetishi borasida kichik intervyu berdi.

"Bu tarzda kyetishim kerak emasdi. Hammasi boshqacha bo'lishi kerak edi.

Men qanday "Inter"dan ketganim, muxlislar bilan qanday suhbatlashganim - bular meni haligacha bezovta qiladi. Hozir bu haqida gapirishning mavridi emasdir, balki. 

Ammo, har doim "Inter" mening yuragimda qolishini ta'kidlab kelganman. Men u yerda o'ynash uchun yana qaytaman. Bunga ishonaman.

Italiyani juda sevaman. Hozir insonlarga men aslida yomon ish qilmaganimni aytadigan payt. Kimnidir ayblamoqchi emasman. Biroq, hozir shu gaplarni ma'lum qilishning ayni payti, -deydi Romelu Lukaku.

"Inter" muxlislari esa bunga javoban "San Siro" stadioniga banner o'rnatishdi. Unda shunday so'zlar yozilgandi: "Bizga yomg'irdan qochadiganlar emas, bo'ron kelganda oldimizda turib beradiganlar kerak. Hayr, Romelu".

Yozgi transferlar oynasi vaqtida Lukaku "Inter"dan "Chelsi"ga 115 million evro evaziga o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal