"Inter" muhim futbolchisidan ayrildi

Mirjalol Normatov
18 apr 2018, 19:51
"Inter" yarim himoyachisi Roberto Galyardini jarohati sababli safdan chiqdi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, futbolchi 33-tur doirasida "Kalyari"ga (4:0) qarshi bahsda oyog'ining son qismidan jarohat olgan.
Yaqin vaqtlarda u tibbiy ko'rikdan o'tadi va uning qancha vaqtga safdan chiqqani ma'lum bo'ladi.

Bu mavsumda 24 yoshli Galyardini "Inter" tarkibida barcha turnirlarda 32 uchrashuvda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com