“Inter” Mourinyudan keyin ilk bor Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqdi

Оқил Абдубарноев
21 apr 2023
"Inter" "Benfika"ni umumiy hisobda 5:3 hisobida mag'lub etib, Chempionlar ligasi yarim finaliga yo'l oldi.

"Qora-ko'klar" 2010 yildan buyon ilk bor turnirning yarim finaliga yo'l oldi. O'shanda klub kubok sohibiga aylangandi. O'sha paytda jamoani Joze Mourinyu boshqarardi.

Chempionlar ligasining navbatdagi bosqichida “neradzurrilar” “Milan”ga qarshi derbida maydonga tushadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia