Inter Mayami Messi va Busketsning taqdimotini ajoyib tarzda tashkil etdi

Alisher
17 iyul 2023
Bugun tunda Mayamida Lionel Messi va Serxio Busketslarning yangi jamoadagi taqdimotlari bo'lib o'tdi.

Muxlislar bilan to'lgan arenada Inter Mayami rahbariyati futbolchilarga raqamlari tushirilgan liboslarini tantanali tarzda taqdim etishdi. Messi yangi jamoasida 10-raqamda harakat qiladigan bo'ldi. Ispaniyalik futbolchi esa 5-raqamni o'ziniki qilib oldi. 

Eslatib o'tamiz, Inter Mayami har ikki futbolchi bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com