"Inter" "Manchester Siti" o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
9 dek 2020, 10:37
"Inter" "Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uokerga yozdagi asosiy maqsad sifatida qaramoqda.

Milanliklar ustozi Antonio Konte tarkibni kuchaytirish uchun tez-tez APLdagi o'yinchilarga murojaat qilmoqda va 30 yoshli o'yinchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola transferga qarshi chiqishi mumkin, u Uokerga ehtiyoj sezmoqda.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assis qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun On Sunday