"Inter", "Manchester Siti", "Liverpul" va "Bavariya" PSJ futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
30 noya 2024, 22:30
Janluiji Donnarummaga bir necha Yevropa klublari qiziqmoqda.

Italiyalik darvozabon va PSJ o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilga qadar mo'ljallangan.

Darvozabon ayni paytda Matvey Safonov bilan rotaciya qilinayotgani fonida francuz klubidagi kelajagi haqida bosh qotirmoqda.

Qayd etilishicha, Chempionlar ligasi doirasidagi "Bavariya" (0:1) bilan o'yinda asosiy darvozabon sifatida Safonovning tanlanishi Janluiji Donnarumma va PSJ o'rtasidagi muzokaralarga ta’sir o'tkazishi mumkin.

"Milan" tarbiyalanuvchisiga "Inter", "Manchester Siti", "Liverpul" va "Bavariya" qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it