"Inter" Lukakuni transfer qilish haqida o'ylamoqda

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2023, 10:45
"Inter" sport direktori Pero Osilio o'tgan mavsumda "Chelsi"dan ijaraga olingan hujumchi Romelu Lukaku bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.

"Lukaku uni bu erga qaytarishni xohlashimizni biladi. Biz echim topishga harakat qilyapmiz. 

U hozir "Chelsi"da, aloqada bo'lib turibmiz – bizga uni ijaraga olish mumkin emasligini aytishdi. Biz to'liq o'tish imkoniyatlarini o'rganmoqdamiz, keyinroq buni ushbu transfer oynasida amalga oshirish mumkinligini ko'ramiz", – dedi Osilio.

Avvalroq Lukaku "Al Hilol"ning 50 millionlik taklifini rad etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano