"Inter" Lukakuni ijaraga olmoqchi

Mirjalol Normatov
27 iyun 2023
"Inter"dagilar hujumchi Romelu Lukakuni eng kamida yana bir yil tarkibga saqlab qolmoqchi.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, "neradzurri" yaqin vaqtlar ichida "Chelsi"ga rasmiy taklif jo'natadi. Unga ko'ra, milanliklar futbolchini 30 mln evroga sotib olish imkoniyati bilan bir yilga ijaraga olish niyatida.

Belgiyalik futbolchining o'zi esa "Al Hilol"ga o'tishni maqul ko'rmoqda. Biroq Saudiya Arabistoni klubi futbolchi so'rayotgan maoshni to'lamasligini ma'lum qilgan.

"Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino esa forvardni AQSHdagi turnega olib ketmasligini va u rejalarida yo'qligini aytib o'tgan. Shu sababli "Chelsi" Lukakuni 17 iyulga qadar sotib yuborish rejasini tuzmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph