"Inter", "Liverpul" va "Tottenxem" Botmanni nishonga olishdi

Alisher
23 dek 2020
"Lill" markaziy himoyachisi Sven Botman qishki transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

20 yoshli niderlandiyalik futbolchiga Yevropaning bir yo'la bir necha top-klublari davogarlik qilmoqda: "Inter", "Liverpul" va "Tottenxem".

Eslatib o'tamiz, Botman Amsterdamning "Ayaks" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u "Lill"ga shu yilning yozida kelgan va 5 yillik shartnoma imzolagan edi.

Futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: footmercato.net