"Inter" "Lill" hujumchisi Jonatan Devidni nishonga oldi

Alisher
22 noya 2021
"Inter" "Lill" forvardi Jonatan Devidga qiziqmoqda.

Milanliklar o'yinchini o'tgan mavsumdan beri kuzatishmoqda.

"Inter" tez orada futbolchi bo'yicha rasmiy transfer taklifini jo'natmoqchi.

21 yoshli kanadalikning "Lill" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Telefoot