"Inter" Lautaroni yozda sotishga tayyor. Dibala, Skamakka va Devid - uning o'rniga nomzodlar

Alisher
18 fev 2022, 17:34
"Inter" hujumchi Lautaro Martinesning sotuvi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Argentinalik ko'plab klublarga qiziq, ammo u Chempionlar Ligasida 13ta o'yindan beri gol ura olmayapti. Shu sabab "neradzurrilar" Lautaroni yozda sotishga tayyorlar.

"Inter" Martinesning o'rniga uch forvardning nomzodini ko'rib chiqmoqda. Milanliklarning bosh transfer maqsadlaridan biri - "Sassuolo"dan Janluka Skamakka.

Italiya chempioni shuningdek "Yuventus"dan Paulo Dibala va "Lill"dan Jonatan Devidga qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia