“Inter” Kolarov uchun “Roma”ga qancha mablag' to'lashi ma'lum bo'ldi

3 sen 2020, 09:32
Rim va Milan klubi serbiyalik futbolchi transferini kelishib oldi.

“Roma” himoyachisi Aleksandr Kolarov faoliyatini “Inter”da davom ettiradi. Milanliklar 34 yoshli futbolchi transferi uchun “Roma”ga 1 mln evro to'laydi. Bundan tashqari “bo'rilar” futbolchining natijalariga qarab yana 500 ming evroga ega bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Kolarov uchun 2 mln evro to'lanishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Futbolchi Serbiya terma jamoasidan qaytishi bilan Milan klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia