“Inter” klubi “Yuventus” vingeri uchun bahsda MYUni dog'da qoldirmoqchi

Aslanov Jasurbek
22 mar 2019, 23:45
“Yuventus” yarimhimoyachisi Duglas Kosta “Manchester Yunayted” mutasaddilari e'tiborini tortgan.

Tuttosport’ning xabar berishicha, Milanning “Inter” klubi mazkur futbolchini “qizil iblislar”dan oldinroq qo'lga kiritmoqchi.

Braziliyalik vingerga shaxsan “neradzurri”lar rahbari Juzeppe Marotta qiziqib qolgan. Marotta 28 yoshli futbolchini klubning asosiy o'yinchisiga aylantirmoqchi.

Duglas Kosta ushbu mavsum A Seriyaning 17 bahsida qatnashib, bitta gol va 2 bora golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining boshlang'ich transfer bahosi 50 mln. evro atrofida baholanmoqda.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport