"Inter" Inzagi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

Alisher
8 mar 2022, 16:01
Milanning "Inter" klubi xo'jayinlari Simone Inzagining ishidan mamnunlar va tez orada italiyalik bilan yangi shartnoma imzolashmoqchi.

Milan jamoasi rahbariyati Inzagiga bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Simone o'tgan yilning yozida "Inter"ni qabul qilib olgan edi. Mutaxassis bunga qadar Rimning "Lacio" klubini boshqargan.

Milan klubi ayni damda Italiya chempionatida ikkinchi o'rinda bormoqda, yetakchi "Milan" bilan o'rtadagi farq 2 ochko. Qayd etish kerakki, "Inter"da bitta zaxira o'yini mavjud.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport