"Inter" Indzagiga yangi shartnoma taklif qiladi

Omonjon To`xtamirzayev
10 mar 2022
"Inter" jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagi bilan kelishuv muddatini uzaytirish niyatida.

Insayder Nikolo Shiraning xabar berishicha, Milan klubi yaqin haftalar ichida 45 yoshli mutaxassis bilan shartnomani 2024 yilga qadar (yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan) cho'zish borasida muzokaralarga kirishadi.

Avvalroq "Inter" jamoaning asosiy kiperi bilan kelishuvni uzaytirmoqchiligi haqida xabar bergandik.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru