"Inter" Gosensni "Bayer"ga qo'yib yubormadi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2022
Germaniyalik futbolchi Milanda qoladigan bo'ldi.

"Inter" yarim himoyachi Robin Gosensning "Bayer"ga o'tishiga ruxsat bermadi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

“Farmacevtlar” germaniyalikni ijaraga olmoqchi bo'ldi, ammo "neradzurri" bunga rozi bo'lmadi. "Qora-ko'klar" futbolchiga umid bog'lashmoqda.

28 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada 4 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano