"Inter" Darmian bilan qishdayoq shartnoma tuzmoqchi

Tolibjon Qosimov
11 noya 2016, 10:46
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian "Inter" qiziqishlari doirasida.
Xabar qilinishicha, milanliklarning yangi bosh murabbiyi Stefano Pioli Darmianni yangi lavozimidagi ilk transferga aylantirmoqchi. Manbaning ma'lum qilishicha, kelishuv qishki transfer oynasida amalga oshirilishi mumkin.

APLning bu yilgi mavsumida Darmian bor yo'g'i ikki marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. Oldinroq, Mourinyo futbolchi bilan xayrlashishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. "Transfermarkt" uning transfer narxini 15 million evro deb baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: goal.com