"Inter" "Chelsi" o'yinchisi bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
9 noya 2019
Milanning "Inter" klubi haligacha "Chelsi" hujumchisi Olive Jiruga qiziqmoqda.

"Neradzurrilar" 33 yoshli forvardni jamoa hujumchisi Romelu Lukakuning o'rnida ko'rishmoqda.

Qayd etish kerakki, "Inter" rahbariyati fransiyalik futbolchining transferi bo'yicha ilk muzokaralarni o'tkazishdi.

Jiru joriy mavsum APLda 4ta o'yinda maydonga tushdi. Uning "Chelsi" bilan imzolagan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar davom etadi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport