

Milanliklar ushbu o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Mezbonlar safida gollarga Pyotr Zelinski, Lautaro Martines va Markus Tyuram mualliflik qildi. Santiago Kastro mehmonlarning yagona golini raqib darvozasiga urdi.
"Inter" A Seriya turnir jadvalida 17 o'yindan so'ng 39 ochkoni egallagan holda yetakchilik qilmoqda, "Bolonya" esa 26 ochko bilan 7-o'rinni band etgan.





