"Inter" bir o'yinda o'rtacha eng kam gol o'tkazish bo'yicha top ligalarning eng zo'ri, Fransiya klubi ikkinchi, ammo bu PSJ emas

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2024, 00:43
"Inter" joriy mavsum Yevropaning top chempionatlarida eng kam gol o'tkazayotgan jamoa bo'lib turibdi.

Simone Inzagi jamoasi o'rtacha har bir o'yinda 0.48ta gol o'tkazib yubormoqda. Bu yetakchi ligalardagi eng yaxshi natija.

Ikkinchi o'rin Fransiya ligasi vakili "Nicca"ga tegishli. Ularning natijasi 0.58ta gol.

Keyingi o'rinlarini "Yuventus" (0.59), "Real" (0.67), "Bayer" va "Lill" (0.74dan) egallab turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: WhoScored