"Inter" "Arsenal" futbolchisi uchun 34 mln. funt bermoqchi, "to'pchilar" 50 mln. funt talab qilishmoqda

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2023, 20:00
"Inter" "Arsenal" hujumchisi Folarin Balogunni sotib olmoqchi.

Oldinroq, "nerazzurilar" "Arsenal" futbolchisini asosiy transfer maqsad sifatida ko'rishayotgandi.

Milan klubi hujumchi vakillari bilan muzokara o'tkazmoqda. Ular "Arsenal"ga 34 mln. funtlik taklif yuborishni rejalashtirishyapti. Londonliklar esa forvard uchun 50 mln. funt talab qilishyapti.

Balogun so'nggi mavsumni "Reyms" safida ijarada o'tkazdi. U Liga 1 doirasida 37ta uchrashuvda maydonga tushib, 21ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic