"Inter" 37 yoshli Xandanovich bilan shartnomani uzaytirish haqida o'ylamoqda

Alisher
14 dek 2021, 11:47
"Inter" darvozaboni Samir Xandanovich klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Klub rahbariyati 37 yoshli sloveniyalik bilan shartnomani uzaytirish haqida o'ylamoqda. O'yinchi hozirda yiliga 3,5 mln evro maosh olmoqda. Agar bitim uzaytirilsa, u maoshi 1,5 - 2 mln evroga qadar tushishiga rozi bo'lishi kerak.

Oldinroq xabar berilganidek, "Inter" darvozabon Andre Onana bilan kelishuvga erishgan.

Xandanovich joriy mavsum 23ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 20ta to'p olib chiqdi va 9 bor "quruq" seriya o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira