"Inter" 35 million evrolik transfer bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
12 dek 2019, 14:13
Milanning "Inter" klubi "Atalanta" yarim himoyachisi Deyan Kulushevski bo'yicha kelishuvga erishdi.

"Inter" 19 yoshli shvetsiyalik futbolchi uchun 35 million evrodan kechishga tayyor. Bu mablag' esa Bergamo klubini qanoatlantiradi.

Muammo shundaki, futbolchi hozirda "Parma"da ijara asosida o'ynamoqda. Shartnoma mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Klub "Parma"ni asosiy futbolchilaridan biri bilan xayrlashishga ko'ndirishi kerak.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Il Corriere della Sera