"Inter" 3 o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
11 noya 2020, 18:00
"Inter" rahbariyati jamoaning uch futbolchisi bilan bitimni uzaytirmoqchi.

Himoyachilar Alessandro Bastoni va Danilo D'Ambrozio yangi shartnoma olishadi. Ikki o'yinchi bilan muzokaralar yakunlovchi bosqichda.

"Inter" shuningdek forvard Lautaro Martines bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda.

Milanliklar bu borada futbolchining agenti bilan chuqur muzokaralar o'tkazish uchun uchrashishni rejalashtirmoqdalar.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira